Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Germaniya moliya vaziri: Biz endi Rossiya energetikasiga qaram emasmiz

Germaniya moliya vaziri: Biz endi Rossiya energetikasiga qaram emasmiz

Germaniya endi Rossiya energetikasiga qaram emas, deb ta’kidladi mamlakat moliya vaziri Kristian Lindner BBC ga bergan intervyusida.

"Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Germaniya energetika infratuzilmasini butunlay diversifikasiya qildi. Moskva Yevropa tomon gaz quvurini uzganiga qaramay, Berlin energiya importining yangi manbalarini topdi", — deydi Lindner.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya hamon energiya importiga qaram, ammo bugun u Rossiyadan importga emas, balki jahon bozorlariga qaram bo‘lib qolgan.

Ilgari Germaniya Rossiyadan iste’mol gazining yarmini va barcha neftning uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini import qilgan. Rossiya avgust oyida mamlakatga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi, Germaniya esa shu yil boshida Rossiya neftini import qilishni to‘xtatdi.

Muqobil energiya manbalariga intilib, mamlakat ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyalarini qayta ochdi, Germaniyaning qolgan uchta atom elektr stansiyasini yopish rejalarini to‘xtatdi va Norvegiya va AQSh kabi boshqa mamlakatlardan import qilinadigan tabiiy gazni saqlash hajmini oshirdi.

Davosdagi Jahon Iqtisodiy Forumida ishtirok etayotgan Lindner taxminan 8 oy ichida Germaniyada yangi suyultirilgan gaz terminali qurilganini qayd etdi.

Germaniya moliya vaziri infratuzilmaga ko‘proq sarmoya kiritish rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qildi. "Bu Germaniya siyosatidagi ulkan o‘zgarishlarning bir misoli, xolos", — deb ta’kidladi u.‌‌

Kiritildi: 12:28 19.01.2023. O'qildi: 1477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!