Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin yangi doktrinani tasdiqlagan

Putin yangi doktrinani tasdiqlagan

Ukraina Rossiyaning yangi havo hujumlari strategiyasiga javoban uning neftni qayta ishlash ob’ektlariga zarbalarni kuchaytiradi.

Bu haqda Ukraina prezidenti Zelenskiy Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Zelenskiy Rossiyaning qish mavsumi oldidan Ukrainadagi fuqarolik ob’ektlariga hujumlarni kuchaytirish rejalaridan dalolat beruvchi hujjatlarni qo‘lga kiritganini aytdi.

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin fuqarolik ob’ektlarining ancha keng doirasiga zarba berish bo‘yicha yangi doktrinani tasdiqlagan", — dedi Ukraina yetakchisi.

Ukraina rasmiylari qo‘lga kiritgan hujjatlar Rossiya infratuzilma, logistika ob’ektlari, yo‘llar, maktablar va shifoxonalarga hujumlar rejalashtirganini ko‘rsatmoqda. Zelenskiyning fikricha, Putin bu orqali qo‘shinlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan va Rossiyaning yo‘qotishlari ortib borayotgan bir paytda kuchini namoyish etishga intilmoqda.

"Biz har qanday vositalar bilan javob qaytarishimiz kerak. Ular energetika ob’ektlarimizga hujum qilsa, biz ham ularning energetika ob’ektlariga zarba berishimiz kerak. Avvalo, urushni moliyalashtiradigan neftni qayta ishlash zavodlariga zarba beramiz. Lekin biz, albatta, ularga o‘xshab fuqarolik ob’ektlariga zarba bermaymiz", — dedi Ukraina prezidenti.

Rossiyadan tinchlik muzokaralari yoki energetika infratuzilmasi ob’ektlariga zarba berishni to‘xtatishdan manfaatdor ekanini ko‘rsatuvchi hech qanday signal olmaganini aytdi. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha marta Zelenskiydan Rossiyaning neft ob’ektlariga zarba bermaslikni so‘ragan edi. O‘shanda Zelenskiy har ikki tomon ham bu talabga amal qilsa, bunga rozi bo‘lishini bildirgan.

Kiritildi: 21:45 04.10.2026. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!