Germaniya Eronga qarshi urushda ishtirok etmaydi, deb bayonot berdi Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Niderlandiya Bosh vaziri Rob Yetten bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida.
«Shunisi aniqki, ushbu urush NATOning ishi emas. Bu uning urushi emas. Biz unda ishtirok etmayapmiz. GFR hukumati uchun bu pozisiya o‘zgarishsiz qoladi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS.