Germaniya kelasi hafta Isroil tomonidan yetkazib berilgan Arrow-3 raketa mudofaa tizimini rasman taqdim etadi va o‘z hududi bo‘ylab joylashtiradi, deb yozmoqda The Jerusalem Post.
Isroil mazkur kompleksni tarixda ilk bor xorijga sotishi. Bu Isroildan tashqarida zenit-raketa tizimining birinchi marta joylashtirilishi bo‘ladi. Arrow-2/3 tizimlari so‘nggi bir yil ichida jangovar harakatlarda qatnashdi, ular Isroil-Eron urushi paytida Eron tomonidan Isroilga otilgan raketalarni, shuningdek, Yaman husiylari tomonidan otilgan raketa va dronlarni to‘xtatib qolish uchun keng qo‘llanilgan.
Biroq shuni ham aytish kerakki, 12 kunlik urush davrida "Temir gumbaz" deb ataluvchi bu mudofaa tizimining ko‘plab kamchiliklari borligi malum bo‘ldi.