Germaniya Bundesveri bosh inspektori Karsten Breuyer mamlakat aholisini ehtimoliy qurolli mojaroga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.
Uning ta’kidlashicha, Germaniya qurolli kuchlarining o‘zi mavjud tahdidlarga qarshi turish uchun yetarli emas. Mojaro yuzaga kelgan taqdirda, sanoat va jamiyatning barcha sohalari mamlakat mudofaasiga jalb qilinishi kerak.
«Sizsiz, askarlar, biz muvaffaqiyatsizlikka mahkummiz. Ammo muvaffaqiyatsizlikka uchrashga haqqimiz yo‘q», — dedi Breuyer.