Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Germaniya endi boshpana so‘rovlari soni bo‘yicha Yevropa Ittifoqida yetakchi emas

Germaniya endi boshpana so‘rovlari soni bo‘yicha Yevropa Ittifoqida yetakchi emas

2025 yilning birinchi choragida Germaniyada boshpana so‘rab berilgan arizalar soni 2024 yilning shu davriga nisbatan 41 foizga kamaygan, deb yozadi Welt am Sonntag gazetasi Yevrokomissiyaning maxfiy hisobotiga asoslanib.

Hisobotga ko‘ra, 1 yanvardan 31 martgacha bo‘lgan davrda boshpana so‘rovi bo‘yicha eng ko‘p ariza Fransiyada topshirilgan (40 871 ta). Ikkinchi o‘rindan Ispaniya (39 318 ta ariza), uchinchi o‘rindan Germaniya (37 387 ta) joy olgan.

Shunday qilib, GFR ko‘p yillardan buyon birinchi marta ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha YEI mamlakatlari orasida yetakchilikni yo‘qotdi, deya xabar bermoqda Tagesschau.

Nashrning qayd etishicha, Germaniyada birinchi chorakda eng ko‘p boshpana so‘raganlar Suriya (24 foiz), Afg‘oniston (16 foiz) va Turkiya (11 foiz) fuqarolari bo‘lgan. Fransiyada esa ariza beruvchilarning asosiy qismini ukrainaliklar tashkil etgan.

Umuman olganda, hisobotga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida boshpana so‘raganlarning eng ko‘pi Venesueladan (25 375 kishi) kelgan bo‘lib, bu mamlakat fuqarolaridan tushgan arizalar soni 44 foizga oshgan.

Kiritildi: 19:08 06.04.2025. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!