"Bu Prioritised Ukraine Requirements List (“Ukrainaning ustuvor ehtiyojlari ro‘yxati”) mexanizmi doirasidagi ilk yirik paketlardan biri bo‘ladi. Mablag‘ Yevropada ishlab chiqarilmaydigan yoki AQSh tezroq yetkazib bera oladigan, masalan, havo mudofaasining muhim vositalari kabi harbiy mahsulotlarni xarid qilishga yo‘naltiriladi", deyiladi nemis nashri xabarida.
Umuman olganda, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Germaniya Kiyev uchun taxminan 40 mlrd yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatgan.
Avvalroq Daniya, Norvegiya va Shvesiya ham Qo‘shma Shtatlardan Ukraina uchun 500 mln dollarlik qurol va o‘q-dorilar xaridini moliyalashtirishni tasdiqlagan edi.