Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Germaniya AQShdan Tomahawk raketalarini sotib olish harakatlarini qayta boshladi

Germaniya AQShdan Tomahawk raketalarini sotib olish harakatlarini qayta boshladi

Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Germaniya Tramp ma’muriyatini Tomahawk raketalarini Typhon yerdagi uchirish qurilmalari bilan birga sotishga ko‘ndirishga umid qilmoqda. Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius o‘tgan yilning iyul oyida taqdim etilgan uzoq masofali tizimlarni sotib olish bo‘yicha taklifni qayta ko‘rib chiqish uchun Vashingtonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

AQSh tomoni hozirgacha bu taklifga javob bergani yo‘q. Biroq, tashrif Pistoriusning amerikalik hamkasbi Pit Hegset bilan uchrashuv belgilay olishiga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Tomahawk — odatda dengizdan uchiriladigan va strategik muhim nishonlarga chuqur zarba berish uchun mo‘ljallangan uzoq masofali qanotli raketadir. Fevral oyida Pentagon Eron bilan urush tufayli kamayib qolgan zaxiralarini to‘ldirish maqsadida Raytheon kompaniyasi bilan Tomahawk ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha yetti yillik shartnoma imzolaganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 13:50. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!