Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

G‘azodagi HAMAS yetakchisi harakatni qurolsizlantirishga qarshi

A A A
G‘azodagi HAMAS yetakchisi harakatni qurolsizlantirishga qarshi

Falastinning G‘azo sektoridagi HAMAS harakati yetakchisi Xalil al-Hayya radikallarning qurolsizlanishiga keskin qarshi chiqdi.

Uning videomurojaati Qatarning Al Jazeera telekanali tomonidan efirga uzatilgan.

"Hamasning mavjudligi va uning qurollari bevosita ishg‘ol bilan bog‘liq. Qurol olib yurish xalqimiz vakillarining tabiiy huquqidir", - dedi al-Hayya.

Shuningdek, u Isroilning so‘nggi taklifida “ishlab bo‘lmaydigan shartlar” borligini aytdi.

Al-Hayyaning qayd etishicha, Falastinning HAMAS harakati mart oyi oxirida ilgari surgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha vositachilar taklifiga rozi bo‘lgan, Isroil esa belgilangan shartlarni rad etgan.

Kiritildi: 08:59 18.04.2025. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!