Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘azodagi blokadada 100 nafardan ortiq bola ochlikdan halok bo‘ldi

G‘azodagi blokadada 100 nafardan ortiq bola ochlikdan halok bo‘ldi

So‘nggi 24 soat ichida Falastinning G‘azo sektorida ochlik va ozuqa yetishmasligi oqibatida besh nafar kishi vafot etdi, ular orasida ikki nafar bola ham bor. Shunday qilib, ochlik tufayli halok bo‘lganlarning umumiy soni 217 nafarga yetdi, shulardan kamida 100 nafari bolalar.

2024 yil 2 martdan buyon Isroil G‘azo sektorida ommaviy ochlik siyosatini yuritmoqda — barcha o‘tish nuqtalari yopib qo‘yilgan, chegarada gumanitar yordam karvonlari to‘xtatib qo‘yilgan. Keltirayotgan yordam miqdori esa ochlikni oldini olish uchun mutlaqo yetarli emas.

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) o‘tgan hafta ogohlantirishicha, G‘azoda bolalar o‘rtasidagi og‘ir ozuqa yetishmasligi rekord darajaga yetdi. Faqat iyul oyida 5 yoshgacha bo‘lgan 136 000 bola tekshirilganda, ularning qariyb 12 000 nafarida jiddiy ozuqa yetishmasligi aniqlangan. 2500 dan ziyod bola esa eng xavfli shakl — og‘ir va o‘ta xavfli ozuqa tanqisligidan aziyat chekmoqda.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil oktyabridan buyon Isroilning G‘azodagi urush harakatlari natijasida 61 430 nafar falastinlik halok bo‘lgan, ularning katta qismi bolalar va ayollardan iborat.

Kiritildi: 10:46 12.08.2025. O'qildi: 676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!