Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

G‘azoda vayron bo‘lgan uy xarobalaridan 28 nafar falastinlikning jasadlari topildi

G‘azoda vayron bo‘lgan uy xarobalaridan 28 nafar falastinlikning jasadlari topildi

G‘azo shahrida 2023 yil oktyabrida Isroil zarbasi natijasida vayron bo‘lgan Abu Nume oilasi uyi xarobalari ostida 28 nafar falastinlikning jasad va qoldiqlari topildi. Bu haqda G‘azo Fuqaro mudofaasi boshqarmasi ma’lum qildi.

Bir kun avval ham G‘azoning shimolida vayron bo‘lgan uylar xarobalaridan 101 nafar falastinlikning qoldiqlari aniqlangan edi. Qidiruv ishlari 17 kun davom etgan.

Maqsadli qidiruv ishlarining ikkinchi bosqichida 147 ta vayron bo‘lgan bino xarobalarini tekshirish rejalashtirilgan. U yerdan 1072 nafar insonning qoldiqlari topilishi taxmin qilinmoqda.

Loyiha boshlanganidan buyon 54 ta uy va bino xarobalaridan 333 nafarning jasad va qoldiqlari chiqarib olingan.

Kiritildi: 22:30 27.09.2026. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!