G‘azo sektorida urush davom etayotgan bir paytda bolalarga bombardimonlar oqibatida vayron bo‘lgan binolar fonida «Qirol sher» multfilmi namoyish etildi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, tadbirdan maqsad urush va qo‘rquv muhitida yashayotgan bolalarga hech bo‘lmasa bir necha soatga xotirjamlik va ko‘ngilochar muhit yaratish bo‘lgan.
Loyiha koordinatori Asma Dababeshning aytishicha, tashkilotchilar bolalarni doimiy qo‘rquv muhitidan qisqa muddatga bo‘lsa-da olib chiqish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilmoqda.
«G‘azo sektorida urush davom etayotganiga qaramay, ularni qo‘rquv muhitidan hech bo‘lmasa bir necha soatga bo‘lsa-da chiqarish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilmoqdamiz», — dedi u.