Tashkilot vakilining so‘zlariga ko‘ra, seshanba kuni xalqaro vositachilar orqali keyingi bosqich bo‘yicha “muloqot va muzokaralar” boshlandi.
XAMASga ko‘ra, G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining ikkinchi bosqichi bo‘yicha muzokaralar boshlangan.
Shuningdek, Isroil insonparvarlik yordami bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishdan qochayotgani va kechiktirayotgani ta’kidlangan.
Isroil yaqin kunlarda muzokaralar uchun Qatar poytaxti Dohaga bir guruh jo‘natishini e’lon qildi. O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha birinchi kelishuvga ko‘ra, ikkinchi bosqich bo‘yicha muzokaralar o‘t ochishni to‘xtatishning 16-kunida boshlanishi kerak edi.
Ikkinchi bosqich urushni tugatish va omon qolgan garovga olinganlarni ozod qilishga bag‘ishlangan.
Ikkinchi bosqichda muzokaralar olib borish birinchisiga qaraganda qiyinroq bo‘lishi kutilmoqda. XAMAS avvalroq Isroil G‘azo sektoridan barcha qo‘shinlarini olib chiqmagunicha, oxirgi garovga olinganlarni ozod qilmasligini, Isroil esa XAMASning harbiy va siyosiy imkoniyatlari yo‘q qilinmaguncha, bunday qadamga bormasligini aytgan edi.