Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

G‘azoda sulh kuchga kirganidan beri vayronalar ostidagi 280 nafar falastinlik jasadi topildi

G‘azoda sulh kuchga kirganidan beri vayronalar ostidagi 280 nafar falastinlik jasadi topildi

G‘azo sektorida sulh kuchga kirganidan beri qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan 280 nafar falastinlikning jasadini topishga muvaffaq bo‘ldi.

G‘azo fuqarolik mudofaasi boshqarmasi matbuot kotibi Mahmud Basalning ma’lum qilishicha, juda og‘ir ish sharoitiga qaramay, qutqaruv guruhlari tinmay faoliyat olib bormoqda. Uning aytishicha, hozirda taxminan 10 ming nafar falastinlikning jasadi hali ham vayronalar ostida qolmoqda.

Basal xalqaro hamjamiyat va insonparvarlik tashkilotlarini bu masalada hech qanday amaliy qadam qo‘ymayotganlikda aybladi. Uning ta’kidlashicha, qutqaruvchilar zamonaviy jihozlarga muhtoj va xalqaro tashkilotlardan shoshilinch yordam talab etilmoqda.

“Xalqaro hamjamiyat ikkiyuzlamachilik namoyon etmoqda: ular isroillik mahbuslar jasadlari uchun tashvish bildirayotgan bir paytda, ikki yildan beri vayronalar ostida yotgan minglab falastinliklar taqdiriga ko‘z yummoqda”, — dedi Basal.

Avvalroq, 9 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Isroil va XAMAS G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning birinchi bosqichiga erishgan. Ushbu kelishuv 10 oktyabrdan Isroil hukumatining roziligi bilan kuchga kirgan.

Isroilning ikki yildan ortiq davom etgan hujumlari natijasida G‘azo sektorida 67 967 falastinlik halok bo‘lgan, 170 179 kishi yaralangan.

Kiritildi: 13:59 18.10.2025. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!