So‘nggi paytlarda Falastinning G‘azo sektorida kamida 180 kishi, jumladan, 98 bola ochlikdan vafot etgan.
Bu haqda anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"So‘nggi 24 soat ichida G‘azo kasalxonalarida ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida 6 kishi o‘lim holati qayd etildi”, — deyiladi vazirlik xabarida. Shu tariqa, ochlikdan vafot etganlarning umumiy soni 180 nafarga yetdi, ulardan 98 nafari voyaga yetmaganlar.
Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil oktyabr oyidan beri G‘azoda to‘qnashuvlar avj olishi natijasida qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 60 ming 430 nafarga yetdi, 148 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.