Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, Falastin anklavining markaziy qismida joylashgan Zuvayda shahridagi uyga uyushtirilgan hujumda 11 kishi halok bo‘lgan. G‘azo sektori janubidagi Xon Yunis shahridagi turar-joy binosiga o‘qqa tutilishi oqibatida yana uch kishi halok bo‘ldi. Yaradorlar ham bor, biroq ularning soni aniq emas.
16 sentyabr kuni Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azo shahriga intensiv hujum boshlanganini tasdiqladi. Uning maqsadi Falastinning XAMAS harakatini yengishdir. Bungacha Isroil armiyasi mahalliy aholini jangovar hududni tark etish, jumladan, shaharga varaqalar tashlash orqali bir necha bor ogohlantirgan.