G‘azo sektori radikallari Isroilga raketa uchirdi, uni Isroil havo kuchlari tutib oldi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektorining markaziy qismidan Isroil hududiga uchib kelgan raketani tutib oldi”, — deyiladi xabarda.
Matbuot xizmatining qayd etishicha, ushbu o‘qqa tutilishi natijasida Isroilning G‘azo sektoriga tutash hududlarida havo hujumi haqida signal e’lon qilingan.