Ma’lum qikinishicha, Rafah chegara o‘tkazish punkti hozircha to‘liq faoliyat ko‘rsatmaydi. Faqat cheklangan sondagi aholining chegarani kesib o‘tishiga ruxsat beriladi.
G‘azo sektoriga kirish va chiqish Isroil va Misr tomonidan muvofiqlashtirilgan holda tashkil etiladi.
Shuningdek, bu uchun ruxsatnoma olish istagidagi shaxslar Isroilning xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tishi kerak bo‘ladi. Jarayonni Yevropa Ittifoqi missiyasi nazorat qiladi.
Avvalroq, OAV Isroil 1 fevraldan boshlab G‘azo va Misr chegarasidagi “Rafah” nazorat-o‘tkazish punktini “cheklangan tartibda harakat” uchun ochishini yozgandi.