Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘azo sektoridan 2500 nafar bola zudlik bilan evakuasiya qilinishi kerak

G‘azo sektoridan 2500 nafar bola zudlik bilan evakuasiya qilinishi kerak

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish G‘azo sektoridan 2500 nafar bola zudlik bilan evakuasiya qilinishi kerakligini aytdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Guterrish G‘azoda ishlaydigan to‘rt amerikalik shifokor bilan uchrashgandan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida shu xabar bilan bo‘lishdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azoda ishlayotgan shifokorlar bilan uchrashuv unda katta taassurot qoldirgan. Guterrishning qayd etishicha, shifokorlarning fidoyiligi harqanday maqtovga loyiq.

"2500 bola zudlik bilan G‘azodan evakuasiya qilinishi kerak va davolanish tugagandan so‘ng ularning oilalari va jamoalariga qaytishi ta’minlanishi kerak", – deb ta’kidladi Guterrish.

Kiritildi: 17:35 31.01.2025. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!