30 mart kuni G‘azo sektorining turli hududlarida Isroil havo hujumlari natijasida kamida 64 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.
Uning manbalariga ko‘ra, xususan Jabaliya, Dayr al-Baloh, G‘azo, Xon Yunis shaharlari va ularga tutash aholi punktlari bombardimon qilingan.
Anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ma’lumotlarga hali izoh bermadi.
Avvalroq Falastinning G‘azo sektoridagi HAMAS harakati yetakchisi Xalil al-Hayo tashkilot Misr va Qatardan olingan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifi shartlariga rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ham anklavdagi urushni to‘xtatishga olib kelishi kerak bo‘lgan kelishuvning keyingi bosqichini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.