Netanyaxu idorasi Ozarbayjonda Isroil va Turkiya o‘rtasidagi muzokaralar faktini tasdiqladi.
Bu haqda "TASS" xabar bermoqda.
Isroil Ozarbayjon tomoniga uchrashuvni tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildiradi.
"Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning topshirig‘iga ko‘ra, kecha Isroil Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Saxa Xanegba boshchiligidagi harbiy-siyosiy delegasiya, shuningdek, Mudofaa vazirligi va xavfsizlik kuchlari vakillarining turkiyalik hamkasblari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi", — deyiladi idora xabarida.