Bugun 6 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘azo sektorida Giyen-Barre sindromi bilan og‘rigan 3 falastinlik, jumladan 2 bola vafot etdi

G‘azo sektorida Giyen-Barre sindromi bilan og‘rigan 3 falastinlik, jumladan 2 bola vafot etdi

Falastinning G‘azo sektorida uch nafar fuqaro, jumladan ikki nafar bola, Giyen-Barre sindromi tufayli vafot etdi. Bu haqda hududning Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, ushbu bemorlarning hayotini saqlab qolish blokada tufayli tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsata olmaslik sababli imkonsiz bo‘lgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda G‘azoda:

  • bolalar orasida to‘satdan yuzaga keladigan sust falaj holatlari,

  • Giyen-Barre sindromi holatlari keskin ortgan.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida poliomiyelit bilan bog‘liq bo‘lmagan ichak viruslari aniqlangan. Bu esa infeksion kasalliklar nazoratsiz tarqalish xavfi yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar buni og‘ir oziqlanmaslik, toza suv va dori vositalarining yetishmasligi bilan bog‘lashmoqda.

Kiritildi: 18:54 04.08.2025. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!