Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi “Rafah” nazorat-o‘tkazish punkti may oyidan beri ilk bor ochildi

G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi “Rafah” nazorat-o‘tkazish punkti may oyidan beri ilk bor ochildi

G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi yagona chegara punkti 1 fevraldan boshlab qisman ishga tushdi. Misrdagi Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy harakati bo‘limining xabar berishicha, “Rafah” orqali davolanishga muhtoj bo‘lgan bir nechta falastinlik bemorlar Misrga o‘tkazilgan. Ularning umumiy soni 50 nafarga yetishi mumkin.

DPA agentligiga ko‘ra, hozircha “Rafah” orqali Misrdan G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazilishi tiklanishiga doir belgilar yo‘q. Hozirgi vaqtda gumanitar yordam Misr va Isroil o‘rtasidagi “Kerem-Shalom” chegara punkti orqali yetkazilmoqda, bu yerda yuklar isroillik askarlar tomonidan tekshiruvdan o‘tkaziladi. Misrning Sinay yarim orolida 3000 ta yuk mashinasi G‘azoga yordam yetkazish uchun tayyor turgani aytilmoqda.

Kiritildi: 10:46 02.02.2025. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!