Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

G‘azo sektori shimolidagi qochqinlar lagerining o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi

A A A
G‘azo sektori shimolidagi qochqinlar lagerining o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Qatarning Al Jazeera telekanali xabariga ko‘ra, anklav shimolidagi Jabaliya qochqinlar lagerida isroillik harbiylar tomonidan portlatilgan turar-joy binolarining qulashi oqibatida kamida 20 nafar falastinlik halok bo‘lgan, yana 20 ga yaqin kishi jarohatlangan. Shuningdek, Isroil askarlari maktabni bombalagan Xon Yunisda 14 kishi, Rafahda esa 6 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.

Bundan tashqari, Falastinning WAFA axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Xon Yunis va Rafah shaharlarida otishmalar oqibatida kamida 10 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Yana kamida 15 kishi jarohatlangan.

Kiritildi: 23:25 07.02.2024. O'qildi: 1457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!