G‘azo sektori Isroilga ikkita raketa uchirdi, Isroil havo kuchlari ularni tutib oldi.
Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektoridan Isroil hududiga uchib kelgan ikkita raketani tutib oldi”, — deyiladi xabarda.
Departamentning qayd etishicha, ushbu o‘qqa tutilish natijasida Isroil janubidagi G‘azo sektoriga tutash aholi punktlarida havo hujumi signali e’lon qilingan.