Garvard universiteti 1 milliard dollarlik aktivlarini sotish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Bunga AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ta’lim muassasasiga ajratilishi kerak bo‘lgan bir necha milliard dollarni to‘sib qo‘ygani sabab bo‘ldi, deb yozadi Bloomberg.
Bu haqda Rossiyaning TASS axborot agentligi xabar berdi.
Voqea universitetning xususiy fondi aksiyalari portfeli bilan bog‘liq. Garvard universiteti Lexington Partners investisiya firmasi aksiyalarini sotib olish uchun Jefferies Financial Group kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlaydi. Ushbu shartnoma shartlari hali yakunlanmagan, shuning uchun bu yerda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Universitet portfelni sotish bo‘yicha sa’y-harakatlarini 2024 yilda, Trampning inaugurasiyasi oldidan boshlagan.
15 aprelda Tramp Garvard universitetini siyosiy tashkilot deb belgilash va soliqdan ozod maqomini bekor qilishni taklif qildi.
Ta’lim vazirligi Garvardga ajratilgan 2,2 milliard dollar va uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha 60 million dollarni "muzlatib qo‘yishini" e’lon qildi.
Avvalroq AQSh ma’muriyati yahudiy talabalarni antisemitizmdan himoya qilish uchun universitet siyosatiga o‘zgartirish kiritishni talab qilgan edi.
The New York Times gazetasining yozishicha, Garvard universiteti Oq uyga moslashishga intilayotgan bir paytda talablar ro‘yxati kengayib, ularning aksariyati antisemitizm bilan bog‘liq emas.
Garvard universiteti prezidenti Alan Garber talabni bajarishdan bosh tortdi.