Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilar Yevropa diplomatlariga hujum qildi

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilar Yevropa diplomatlariga hujum qildi

G‘arbiy Sohildagi Falastin qishlog‘iga tashrif buyurgan evropalik diplomatlar kolonnasiga niqob taqqan isroillik ko‘chmanchilar hujum qildi. Bu haqda AFP agentligi xabar berdi.

Hujum oqibatida Fransiya, Belgiya va Polsha vakillariga tegishli avtomobillarga zarar etkazildi. Shuningdek, Fransiyaning Olne-Emeri shahri meri, 78 yoshli Bernar Bodu ham jarohat oldi.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Isroil hukumatidan «jinoiy zo‘ravonlik»ning oldini olishni talab qildi. U mas’ullarni hibsga olish va javobgarlikka tortishga, shuningdek, xalqaro huquqqa muvofiq tinch aholi xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar ham voqeani ko‘chmanchilar tomonidan sodir etilgan «jiddiy zo‘ravonlik harakati» deb atadi.

Bundan bir kun avval esa isroillik ko‘chmanchilar The Washington Post gazetasi jurnalisti Xeydi Levinni ham kaltaklagan. Jurnalist o‘sha paytda zaytun hosilini yig‘ish jarayonini tasvirga olayotgan edi.

Kiritildi: Bugun 08:18. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!