Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘arbiy Qirg‘oqdagi "tajovuz" G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish bilan bog‘liq

G‘arbiy Qirg‘oqdagi "tajovuz" G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish bilan bog‘liq

Falastinlik huquqshunos Muhammad Dahleh "Al-Jazira" telekanaliga Isroil harbiylarining bosib olingan G‘arbiy Qirg‘oqqa kuchaytirilgan hujumlari haqida so‘zladi. Uning aytishicha, Netanyaxu quyidagi sabablarga ko‘ra tajovuzni davom ettirmoqda:

- G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga qarshi chiqqan va Netanyaxu koalisiyasidan chiqish bilan tahdid qilgan moliya vaziri Bezalel Smotrichni tinchlantirish;

- Isroil G‘azoda urushni qayta boshlash uchun bahona sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan HAMASni harbiy javob harakatlariga undash.

"Menimcha, bu o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv bilan bog‘liqligi aniq," - dedi Dahleh. "Ular G‘azoda urushni davom ettirishni istashmoqda va buning yo‘li G‘arbiy Qirg‘oqda vaziyatni keskinlashtirishdir".

Kiritildi: 22:12 23.01.2025. O'qildi: 1206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!