AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lishi mumkinligini aytdi. Mumkin bo‘lgan sulhni sharhlar ekan, u "Rossiyadan juda yaxshi signallar kelayotganini" ta’kidladi. Biroq, boshqa G‘arb yetakchilari Moskvaning tinchlikparvar niyatlariga shubha bilan qarashadi.
Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning fikricha, Kreml muzokaralarni ataylab kechiktirayotgan bo‘lishi mumkin.
“Biz Putinga prezident Tramp taklif qilgan kelishuv bilan o‘yin o‘ynashiga ruxsat bera olmaymiz”, dedi u.
Starmer bugun vaziyatni muhokama qilish uchun G‘arb yetakchilari, shu jumladan Germaniya kansleri Olaf Shols bilan favqulodda videokonferensiya o‘tkazmoqda.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ham Moskva pozisiyasidan noroziligini bildirdi.
"Tinchlikka aniq sadoqat o‘rniga biz raketalar, shartlar va kechikishlarni ko‘rmoqdamiz", dedi u.
Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Rossiyani AQSh taklif qilgan va Kiyev tomonidan ma’qullangan 30 kunlik otashkesimni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
O‘z navbatida, Vladimir Putin o‘t ochishni to‘xtatishni prinsipial jihatdan qo‘llab-quvvatlashini, lekin shart qo‘yishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “birinchi navbatda jiddiy muammolarni hal qilish kerak” va o‘t ochishni to‘xtatish “barqaror tinchlik”ga olib kelishini kafolatlash zarur.