Bugun 16 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Gvardiola Kapelloga javob qaytardi

A A A
Gvardiola Kapelloga javob qaytardi

Angliyaning «Manchester Siti» klubini boshqarayotgan Hosep Gvardiola taniqli hamkasbi Fabio Kapelloga javob qaytardi.

«Odamlar men haqimda nimalar deyishayotganini kuzatib boraman. Hammasini. Shunday ekan, ehtiyot bo‘ling! Janob Kapello bu gaplarni birinchi marta aytayotgani yo‘q. Men Italiya futbolida g‘alaba qozonish uchun yetarli darajada yaxshi emasman... Fabioni esa mahkam bag‘rimga bosaman», — dedi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Fabio Kapello Gvardiolani futbolga ulkan ziyon yetkazishda ayblab, ko‘p murabbiylar unga taqlid qilishga urinishi oqibatida futbol zerikarli bo‘lib qolganini aytgandi.

Gvardiola «Manchester Siti»ni 2016 yildan buyon boshqarmoqda. U jamoasi bilan 18 ta sovrin yutdi, jumladan, olti marta Angliya chempioni bo‘ldi. Bungacha «Barselona» va «Bavariya»da ham eng yuqori cho‘qqilarni zabt etgan.

Kiritildi: 01:16 16.03.2025. O'qildi: 3673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!