Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

G‘arb mamlakatlari Rossiyaga qarshi 2014 yildan buyon kiritgan sanksiyalar soni salkam 29 mingtaga yetdi

G‘arb mamlakatlari Rossiyaga qarshi 2014 yildan buyon kiritgan sanksiyalar soni salkam 29 mingtaga yetdi

G‘arb mamlakatlari Rossiyaga qarshi 2014 yildan buyon kiritgan sanksiyalar soni salkam 29 mingtaga yetdi.

Buni RIA Novosti agentligi Castellum portali va ochiq manbalarga asoslanib hisoblab chiqdi.

2025 yil apreliga kelib, G‘arbning Rossiyaga qarshi savdo munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan sanksiyalari soni 28 937 taga yetgan.

Rossiyaga qarshi eng ko‘p sanksiyalarni AQSh (7384) vv Kanada (3639) joriy etgan.

Keyingi o‘rinlarda Shveysariya, Norvegiya, Islandiya va Buyuk Britaniya joylashgan. Qolaversa, ayni paytda Rossiyaga qarshi 17-sanksiyalar paketi ustida ishlayotgan Yevroittifoq ham ular qatoridan joy olgan.

Eng kam sanksiyalar Singapur (5) va Janubiy Koreya (24) tomonidan qo‘llangan.

Kiritildi: 16:35 04.05.2025. O'qildi: 452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!