Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

G‘arb elitalari Rossiyada ichki beqarorlik keltirib chiqarishga urinmoqda

G‘arb elitalari Rossiyada ichki beqarorlik keltirib chiqarishga urinmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb elitalari Rossiyada ichki beqarorlikni keltirib chiqarishga harakat qilayotganini, ammo bunday urinishlar samara bermayotganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya misli ko‘rilmagan tashqi bosimga duch kelmoqda, ammo mamlakatga strategik mag‘lubiyat yetkazish yoki jang maydonida g‘alaba qozonishning iloji bo‘lmayapti.

«Rossiya G‘arb elitalarining misli ko‘rilmagan bosimini boshdan kechirmoqda. Ular bizga strategik mag‘lubiyat yetkaza olmayaptilar, jang maydonida g‘alaba qozona olmayaptilar. Shuning uchun siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, ichki tartibsizliklarni keltirib chiqarishga urinmoqdalar. Ammo bu ham muvaffaqiyatsiz tugamoqda», — dedi Putin.

Rossiya rahbari mazkur bayonotni Moskvada o‘tayotgan «Yagona Rossiya» partiyasining XXIII qurultoyi yalpi majlisida so‘zlagan nutqi davomida bildirdi.

Kiritildi: 19:21 28.06.2026. O'qildi: 1180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!