Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Islom Ahmedov o‘z vazifasida yil oxirigacha qoladi

Islom Ahmedov o‘z vazifasida yil oxirigacha qoladi

Ma’lumki, shu yilning 14 aprel sanasida Islom G‘ulomovich Ahmedov “Andijon” klubiga vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlangandi.

Ortda qolgan vaqt davomida jamoa uning boshchiligida hozirga qadar Superliga va Kubok bahslarida umumiy hisobda 5 ta o‘yinda 4 g‘alaba va 1 durang qayd etdi.

Tabiiyki, natijalar ijobiy ko‘rinish olgach, muxlislarda ham ijobiy kayfiyat hukm surmoqda.

Klub rahbariyati esa kamida mavsum oxiriga qadar Islom Ahmedovni bosh murabbiy lavozimida qoldirishga qaror qildi. Endilikda Islom Ahmedov vaqtinchalik emas, balki to‘laqonli ravishda rasman bosh murabbiyga aylandi.

Bundan keyin ham Ahmedov va uning shtabiga ishonch bildirilishda davom etiladi va ijobiy natijalar bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

Kiritildi: Bugun 18:01. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!