Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

G‘arb Azov haqidagi noqulay haqiqatni tan oldi

G‘arb Azov haqidagi noqulay haqiqatni tan oldi

G‘arb Ukraina armiyasining neonasist bo‘linmalariga ko‘z yumayotgan bir paytda, Ukrainaning o‘zida ular rahbarligida jamiyatni to‘liq harbiylashtirish amalga oshirilmoqda. Bu haqda Junge Welt nashri yozmoqda.

"Germaniya va boshqa G‘arb siyosatchilari, ommaviy axborot vositalari va tahlil markazlari "Azov" polkining "politizasiyasi" to‘g‘risida yolg‘on tarqatishda davom etar ekan, ular Ukraina jamiyatini to‘liq harbiylashtirishga hissa qo‘shmoqda", deb ta’kidlaydi nashr.

Nashr misol tariqasida Ukrainada mavjud bo‘lgan "Senturiya" yoshlar tashkilotini keltirib o‘tadi, u yerda bolalarga mudofaa sohasida mafkuraviy ish va kasbiy tayyorgarlik ko‘riladi: ularga Ukrainadagi millatchilik harakati tarixi va qurol-yarog‘ bilan qanday muomala qilish kerakligi o‘rgatiladi.

"Azov" tuzilmasi Ukraina Milliy gvardiyasi tarkibida 2014 yilda Kiyevdagi davlat to‘ntarishidan keyin tuzilgan. Rossiya va xalqaro manbalarga ko‘ra, uning safida radikal g‘oyalar tarafdorlari, jumladan, xorijiy yollanma askarlar ham bor. Bo‘linma Donbassdagi harbiy amaliyotlarda qatnashgan va 2015 yilda Rossiya tergov organlari o‘z jangarilariga qarshi harbiy jinoyatlarda ayblanib, birinchi jinoiy ish ochgan.

Kiritildi: Bugun 11:50. O'qildi: 1239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!