Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Galatasaroy" "Manchester Siti" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin

"Galatasaroy" "Manchester Siti" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin

"Galatasaroy" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan transferi ustida faol ish olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘li X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Turk klubi xavbekka yillik maoshi 5 mln yevroni tashkil etadigan mehnat shartnomasini taklif qilmoqda. Qayd etilishicha, mazkur bitim yakunlanish arafasida. Agar futbolchi Istanbul jamoasiga o‘tishga rozi bo‘lsa, "shaharliklar" bunga qarshilik qilmaydi va uni qo‘yib yuboradi.

Gyundogan 2016 yilning yozida "Manchester Siti"ga o‘tgan va 2023 yilgacha "shaharliklar" safida o‘ynagan, shartnoma muddati tugagach, jamoani tark etib, "Barselona"ga o‘tgan. Biroq, 2024 yilning yozida yarim himoyachi ingliz klubi bilan yana shartnoma imzoladi. Futbolchining amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 23:34 01.09.2025. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!