Gaiti poytaxti Port-o-Prens yaqinidagi Kenskoff shahrida mahalliy to‘da a’zolari tomonidan uyushtirilgan hujumda kamida 30 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Kenskoff meri Jan Massillon xabar berdi.
Kenssoff - Gaitining Ouyest departamentining Port-o-Prens tumanidagi kommuna bo‘lib, poytaxtdan taxminan 10 kilometr janubi-sharqda, Chaine de la Selle tog‘ tizmasi etaklarida joylashgan.
So‘nggi ikki yil ichida shaharda to‘dali hujumlar tez-tez sodir bo‘lib kelmoqda. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, inson huquqlari tashkilotlari ommaviy qotillik, zo‘rlash, o‘t qo‘yish va odam o‘g‘irlash holatlari haqida xabar berishgan, bu esa minglab odamlarni uylarini tark etishga majbur qilgan.