Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Gaiti nodavlat tashkiloti Trampni hibsga olish bo‘yicha sudga murojaat qildi

Gaiti nodavlat tashkiloti Trampni hibsga olish bo‘yicha sudga murojaat qildi

AQShdagi gaitilik muhojirlar huquqini himoya qiluvchi “Haitian Bridge Alliance” nodavlat tashkiloti Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp va uning sherigi Jey-Di Vens hibsga olinishini so‘rab sudga murojaat qilgani haqida xabar tarqatdi.

Tramp va Vens avvalroq gaitilik muhojirlar Springfild shahrida uy hayvonlarini yeb yurganini aytgan. Mahalliy polisiya bu haqda hech qanday dalil yo‘qligini ma’lum qilgan. Gaiti rasmiylari sobiq yetakchi bayonotini insonlarni kamsitishga yo‘ygan.

Qayd etilishicha, so‘nggi haftalarda respublikachilar izohi orqali Springfildga 33 ta bomba tahdidi kelib tushgan, “irqchilik tahdidi” tufayli munisipal binolar bir necha bor evakuasiya qilinishiga to‘g‘ri kelgan.

Ogayo qonuni shaxslarga sudda jinoiy ayblov qo‘yishga ruxsat beradi.

Kiritildi: Bugun 09:25. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!