Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

G7 tashqi ishlar vazirlari global muammolarni muhokama qilish uchun Kanadda yig‘ildi

G7 tashqi ishlar vazirlari global muammolarni muhokama qilish uchun Kanadda yig‘ildi

“Ettilik” (G7) mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari global muammolarni muhokama qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Kanadda yig‘ilishdi.

Sammitda Kanada, AQSH, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Yaponiya va Yevroittifoqdan vakillar ishtirok etmoqda.

Ikki kunlik uchrashuv Kanadaning Ontario shtati, Niaga ra mintaqasida bo‘lib o‘tadi va asosiy xalqaro muammolarni muhokama qilish hamda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Kanada tashqi ishlar vaziri Anita Anand jurnalistlarga uchrashuv ishchi kechki ovqat bilan boshlanishini ma’lum qildi.

Anandning qayd etishicha, ishtirokchilar Yaqin Sharqda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik, Xind-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlikni saqlash, shuningdek, Gaiti va Sudandagi keskin inqirozlar masalalarida konstruktiv fikr almashadilar.

Kiritildi: 14:58 12.11.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!