Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

FVV Xorazmdagi fojia sababini aniqladi

FVV Xorazmdagi fojia sababini aniqladi

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etgani haqida xabar qilgan edik. FVV ushbu fojia sababini aniqladi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 oktyabrdan 23 oktyabr kuniga o‘tar kechasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar K.G‘., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari isitish qozonining dudbo‘roni nosozligi bois is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilganda, xonadondagi isitish qozoni dudburonining (mo‘risi) ichiga yoz paytida qushlar in qurgani, dudburon xas-xashak va qushlarning pati bilan to‘lib qolgani va tortish kuchini yo‘qotganligi sabab bo‘lgan.

Tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazi hosil bo‘lishi hamda uning uy ichiga to‘planishi fuqarolarning o‘limiga olib kelgan.

«Kirib kelgan kuz-qish mavsumida isitish pechlaridan foydalanishdan avval dudburonlarning tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling», deyiladi FVV xabarida.

 

 

Kiritildi: 18:52 24.10.2019. O'qildi: 2874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!