Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

FVV qutqaruvchilari “Katta Chimyon” tog‘ida yurolmay qolgan fuqaroga yordam ko‘rsatdi

FVV qutqaruvchilari “Katta Chimyon” tog‘ida yurolmay qolgan fuqaroga yordam ko‘rsatdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa haqidagi xabar kuni kecha soat 16:35 da 112 yagona dispetcherlik xizmati orqali Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga kelib tushgan.

Ma’lum qilinishicha, Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘iga sayr qilish uchun chiqqan uch nafar fuqarodan birining oyog‘i lat yegani oqibatida u mustaqil harakatlana olmay qolgan va qutqaruvchilar yordamiga muhtoj bo‘lgan.

Xabar olinishi bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.

Qutqaruvchilar jarohatlangan fuqaroga zarur amaliy yordam ko‘rsatib, uni xavfsiz hududga evakuasiya qilgan.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda fuqaroning ahvoli yaxshi.

Kiritildi: 13:51 06.07.2026. O'qildi: 959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!