Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

FVV aholiga sel xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlanish kerakligi haqida tavsiyalar berdi

FVV aholiga sel xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlanish kerakligi haqida tavsiyalar berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga yog‘ingarchilik kuchayib, sel suv toshqinlari xavfi bo‘lganda zarur harakatlar bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi to‘g‘risida xabar eshitgandan so‘ng darhol xavfsiz joyga ko‘chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo‘lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

— sel oqimidan xalos bo‘lishning iloji bo‘lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

— sel oqimi o‘tgandan so‘ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta’minotining sozligini tekshirish zarur.

Kiritildi: 11:20 27.10.2024. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!