Bugun 18 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Futzal va sohil futboli uchun mas’ul alohida tashkilot faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Futzal va sohil futboli uchun mas’ul alohida tashkilot faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston futzal terma jamoasining yurtimiz mezbonlik qilgan Jahon chempionatidagi ishtiroki O‘FA rahbariyati tomonidan tanqidiy ruhda ko‘rib chiqilgandi. Mazkur natija futzalni rivojlantirish va ommalashtirishning yangi mexanizmini ishlab chiqishni talab etardi.

Noyabr oyi davomida O‘FA mazkur masalani to‘liq o‘rganib chiqib, 2025 yildan boshlab bu borada qanday amaliy ishlar olib borilishi yuzasidan yakuniy qarorga keldi. Uning dastlabki bosqichida professional va havaskorlar futzalni hamjihatlikda rivojlantirish, shu asosida mamlakat terma jamoalarini shakllantirish, chempionat o‘yinlarida raqobatni kuchaytirish, klublar darajasini oshirish lozimligi qayd etildi.

Bu tajriba muvaffaqiyatli amalga oshirilganini 2000 yillar avvalida tuzilgan Futzal assosiasiyasi misolida eslab o‘tish mumkin. O‘shanda assosiasiyasining faol tashabbuslari natijasida yurtimizda futzal jadallik bilan rivojlangan va natijalar yaxshilangan.

O‘FA Ijroiya qo‘mitasining joriy yil 12 dekabr sanasidagi yig‘ilishi bayoniga asosan, mamlakat futzali va sohil futboli uchun javobgar alohida tashkilot (federasiya) tuzish masalasi belgilandi. Ayni vaqtda O‘FA tegishli tartibda uni tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirmoqda. Bu masalaga oid barcha tafsilotlar O‘FA rasmiy sahifalari orqali yoritib boriladi.

Kiritildi: Bugun 13:09. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!