Mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue Murodjon Ahmadaliyevning chorloviga javob qaytardi.
"Nima uchun men Tapalesga yutqazgan odamdan qochishim kerak? Bunga umuman hojat yo‘q. Agar jang qilishni istasang, g‘alabangni "qiymatini" ushlab tur va kut!
Men hozir bor e’tiborimni Gudman bilan jangga qaratganman", - dedi Inoue.
Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev kecha Rikardo Espinozani 3-raundda nokautga uchratib, vaqtinchalik WBA chempioniga aylandi. G‘alabadan so‘ng hamyurtimiz yana bir marotaba Inouega "vizov" tashladi.