Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Futzal, Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston milliy jamoasi uchinchi turda Qirg‘iz Respublikasiga imkoniyatni boy berdi, ammo...

Futzal, Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston milliy jamoasi uchinchi turda Qirg‘iz Respublikasiga imkoniyatni boy berdi, ammo...

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo kubogi saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

F guruhi yetakchilar o‘rtasidagi bahsda Qirg‘iz Respublikasi 3:2 hisobida vakillarimizni mag‘lub etdi.

Mezbonlar guruhda 9 ochko bilan peshqadam bo‘ldi. O‘zbekiston 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi-2026 yo‘llanmasiga ega chiqdi.

O‘zbekiston — Qirg‘iz Respublikasi - 2:3

Gollar: 0:1 — Maksat Alimov (14'), 0:2 — Samat Janat uulu (22"), 0:3 — Kayrat Kubanichov (25'), 1:3 — Husniddin Nishonov (38'), 2:3 — Ilhom Hamroyev (39")

O‘zbekiston: Abbosbek O‘lmasbekov, Mashrab Odilov, Ilhomjon Hamroyev, Akbar Usmonov, Husniddin Nishonov.

Zaxira: Abror Ahmednyazov, Davlat Ibragimov, Shahzodjon Sa’diyev, Elbek To‘lqinov, Behruz Samiyev, Muzaffar Ahadjonov, Eldor Nigmatov, Shavkat Ibragimov, Muhammadali Husanboyev.

Qirg‘iz Respublikasi: Ulan Chorobek uulu, Doniyor Amanbayev, Shoxrux Maxmadaminov, Kayrat Kubanichov, Samat Janat uulu.

Zaxira: Bekbolot Akmataliyev, Kanat Sadykov, Yerbol Doolotov, Semetey Murzakulov, Denis Amandik uulu, Maksat Alimov, Muxammed Askarbekov, Islam Turatbekov, Arhat Medetbekov.

Kiritildi: 22:33 24.09.2025. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!