"Santa Klara" o‘yinchisi jahon tezligi rekordini yangiladi.
Shanba kuni Portugaliya chempionati doirasida "Santa Klara" o‘z uyida "Famalikan"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda mezbonlar hujumchisi Gabriel Silva sprint paytida 40,3 km/soat tezlikka erishdi.
Raqamlar STATSports GPS ma’lumotlari yordamida qayd etilgan.
Klub bayonotiga ko‘ra, futbolchi "Nyukasl" markaziy himoyachisi Sven Botmanni (39,21 km/soat tezlik) ortda qoldirib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi.