Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Futbol emas, xokkey?! Bizga farqi yo‘q, baribir, chempion bo‘laveramiz!

Futbol emas, xokkey?! Bizga farqi yo‘q, baribir, chempion bo‘laveramiz!

Prezident Shavkat Mirziyoyev sportchilarimizning yutuqlarini alohida qiziqish va e’tibor bilan kuzatib boryaptilar. Quvonarlisi, aprel oyida mamlakatimizning sport sohasidagi muvaffaqiyatlari futbol bilangina cheklanib qolmadi.

Xususan, xokkey bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham xalqaro maydonda ajoyib natija ko‘rsatdi. Armanistonda o‘tkazilgan jahon chempionatida xokkeychilarimiz o‘z divizionida g‘olib bo‘lib, kelgusi mavsumda uchinchi divizionda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Bundan oldin, mart oyida Tailandda bo‘lib o‘tgan 18 yoshgacha bo‘lgan xokkeychilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham terma jamoamiz g‘alaba qozongan edi.

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 12 ta - 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z tarixida birinchi marta umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Bu yutuqlar, eng avvalo, yigit-qizlarimizning tinimsiz mehnati, yuksak mahorati, mustahkam irodasi va matonati tufaylidir. Bunda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va tizimli davlat siyosatining ham alohida o‘rni borligini ta’kidlash joiz. Mamlakatimizda sport infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilandi, yangi maktablar ochilmoqda, sportchilarning professional rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari xokkeychi va yengil atletikachilarimizni yuksak zafarlari bilan tabriklab, ota-onalari, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorlik izhor etadilar.

Kiritildi: Bugun 12:27. O'qildi: 1255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!