Joriy yilning 15 iyul kuni o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbirlari davomida, viloyat IIB va Namangan shahar IIB xodimlari tomonidan, Namangan shahar, “Obod” mahallasida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan, fuqaro T.Tning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, yashash uyidan jami 3 bo‘lak, sof og‘irligi 8,55 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.