“Hududgazta’minot” AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish tufayli davlatga 1,35 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
“Hududgaz Jizzax” GTF "Komplayens nazorat" tuzilmalari, “G‘allaoroltumangaz” GTB va huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda tumanning Samarqand ko‘chasida yashovchi fuqaro o‘z xonadonida ruddan rangli metallarni ajratish maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulangani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, sarflangan gaz hajmi qayta hisoblab chiqildi. Unga ko‘ra, davlatga 1 milliard 354 million so‘m zarar yetkazilgan.
Hozirda barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilib, holat yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.