Parijning Nantere chekkasida huquq-tartibot xodimlari talablariga bo‘ysunishdan bosh tortgan 17 yoshli o‘smirning polisiya tomonidan o‘ldirilishi ortidan tartibsizliklar yuz bermoqda.
Bu haqda Le Monde nashri xabar bermoqda.
Materialda aytilishicha, polisiya 27 iyun kuni Parijdan tashqarida uning iltimosiga binoan mashinani to‘xtatishdan bosh tortgan o‘smirni o‘ldirgan.
Avvalroq mahalliy aholi polisiya binosi yonida norozilik namoyishi o‘tkazgan, deb yozadi gazeta.