Fransiya Milliy polisiyasi bosh inspeksiyasi (IGPN) maktab o‘quvchilarining norozilik namoyishlari davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuzasidan 24 ta tergov olib bormoqda.
Bu haqda Le Parisien gazetasi mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
"Fransiya Ichki ishlar vazirligi juma kuni ma’lum qilishicha, 17 sentyabrda boshlangan maktab o‘quvchilarining norozilik namoyishlaridan buyon «polisiya ustidan polisiya» nomi bilan tanilgan Milliy polisiya bosh inspeksiyasi (IGPN) tomonidan 24 ta tergov ishi ochilgan", — deyiladi nashr xabarida.